“Taxmin qil” Viktorinasining Shartlari va Qoidalari

 

  1. Atamalar va ta'riflar

1.1. «TARMOQ» uning yordamida Oʻzbekiston Respublikasi hududida ABONENTGA aloqa xizmatlari taqdim etiladigan OPERATOR texnik vositalari (kommutatsiyaviy va radio uskuna, ABONENT qurilmalari, ulovchi liniyalar, inshootlar va shunga oʻxshashlar) ning jamlanmasini bildiradi.

1.2. «ABONENT» (ABONENTLAR) mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatishga shartnoma asosida OPERATOR bilan shartnoma munosabatlarida boʻlgan shaxs/shaxslarni bildiradi;

1.3. «OPERATOR» “UZTELECOM” va “UMS” ABONENTLARI bilan shartnoma asosida ABONENT tomonidan berilgan axborotni uzatish yoki qabul qilish uchun oʻz tarmogʻini taqdim etuvchi.

1.4. «SERVIS RAQAMI» ABONENTGA KONTENT xizmatlarni taqdim etish uchun KONTENT PROVAYDERGA OPERATOR tomonidan ajratilgan raqamni bildiradi.

1.5. «KONTENT PROVAYDER» OPERATOR bilan shartnoma asosida ABONENTLAR uchun xizmatlarni koʻrsatuvchi va OPERATOR bilan shartnoma munosabatlarida boʻlgan “INTENSE BEST GROUP” MCHJni bildiradi.

1.6. «KONTENT-XIZMAT» - KONTENT PROVAYDERI tomonidan ABONENTGA uning iltimosiga binoan taqdim etiluvchi ma'lumot, ko'ngilochar va / yoki boshqa ma'lumotlar, musiqalar, rasmlar, videolar, o'yinlar, ovoz berishlarda, tanlovlarda ishtirok etish va shunga o'xshash tadbirlar.

1.7. “SO’ROV” – ABONENT tomonidan ABONENT QURILMASIDAN SERVIS RAQAMIGA SMS, USSD, IVR ovozli xizmati yuborish yoki ABONENT QURILMASIDAN KONTENT-XIZMATga ulanish uchun KOMPLEKS bilan o’zaro aloqa komandasini o’z ichiga olgan SERVIS RAQAMIGA qo’ng’iroq qilish orqali amalga oshirilgan komanda.

1.8. “TEXNIK QO’LLAB -QUVVATLASH” – kun-u tun faoliyat ko’rsatish va SERVIS RAQAMIga xizmat ko’rsatishni o’z ichiga olgan ABONENTLARGA KONTENT-PROVAYDER KONTENT XIZMATLARINI taqdim etilishini texnik ta’minlash tadbirlari bo’yicha OPERATOR tomonidan amalga oshiriluvchi tadbirlar majmuasi.

1.9. «ABONENT QURILMASI» aloqa kanallari boʻyicha ABONENT tomonidan berilgan axborotni uzatish yoki qabul qilish uchun TARMOQQA ulanadigan va ABONENTGA tegishli (foydalanadigan) koʻchma radiotelefon (uyali) aloqaning oxirgi uskunasini bildiradi.

1.10. «SMS» (ShortMessageService – qisqa matnli xabarlar xizmati) ABONENTGA OPERATOR tomonidan koʻrsatiladigan xizmatni bildiradi, bu ABONENTGA qisqa matnli xabarlarni mobil (uyali) telefondan joʻnatish va mobil telefonga qabul qilish imkonini beradi.

1.11. «SMS-MARKAZ» (SMS-C) - OPERATORning SMS jihozlari uchun javob beradigan tarmoq uskunalari.

1.12. «TEXNIK QO'LLAB-QUVVATLASH» - OPERATOR tomonidan obunachilarga KONTENT- PROVIDER KONTENT XIZMATLARINI texnik xizmat ko'rsatish, shu jumladan, tunukun ishlaydigan va XIZMAT RAQAMI raqamiga xizmat ko'rsatishni amalga oshiradigan chora-tadbirlar majmui.

1.13. OBUNA – maʼlum bir vaqt davomida belgilangan haq evaziga toʻlov uchun ABONENTGA promo viktorinada ishtirok etish imkonini taqdim etish.

1.14. “PROMO-VIKTORINA” – “Taxmin qil” nomi ostida KONTENT-PROVAYDER tomonidan oʻtkaziluvchi, ushbu Shartlar va Qoidalarda belgilangan yutuqlarni qoʻlga kiritish uchun tanlov.

 

  1. Shartlar va tasnif

 “Taxmin qil” – bu qiziqarli viktorina nafaqat miya uchun mashq bo'libgina qolmay, balki sovg'alar yutib olish imkoniyatini beradi. “Taxmin qil” viktorinasi lotoreya, lotoreyani rag’batlantiruvchi yoki boshqa rag’batlantiruvchi tadbir yoki qimor o’yini xavfiga asoslangan emas. Barcha OPERATOR ABONENTLARI Viktorina o’tkazilishi va shartlari to’g’risida SMS yuborish yoki OPERATORNING va kontent-provayderning boshqa kanallari orqali xabar qilinadilar. ABONENTNING taqdim etilayotgan xizmatga bo'lgan qiziqishini oshirishni rag'batlantirish maqsadida ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda eng ko'p ball to'plagan eng faol foydalanuvchilar (ABONENTLAR) ushbu Qoidalarda ko'rsatilgan qimmatbaho sovg'alarga ega bo'ladilar. OPERATOR ABONENTLARI viktorinada ishtirok etishlari mumkin. “Taxmin qil” viktorinasini faollashtirish uchun ABONENTLARGA faqatgina xohlagan mazmun bilan (STOPGW yoki или STOP1 o’chirish kalit so’zlaridan tashqari) viktorinaning UZMOBILE ABONENTLARI uchun 5500 qisqa raqamiga SMS yuborish yoki  taxmin-qil.uz viktorina saytiga kirib, 5500 qisqa raqamidan PIN kod qabul qilishi va kodni saytda kiritishi kerak va UMS ABONENTLARI uchun 4596 qisqa raqamiga SMS yuborish yoki  taxmin-qil.uz viktorina saytiga kirib, 4596 qisqa raqamidan PIN kod qabul qilishi va kodni saytda kiritishi kerak Faollashtirish so’roviga javoban ABONENTGA xizmat, qiymati, o’chirish qoidalari to’g’risida to’liq ma’lumot va viktorina saytiga havola  yuboriladi. Viktorina saytida ABONENTLAR rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini topishlari va shu tarzda ballar to’plashlari kerak bo’ladi. Sovrinlar, har kunlik asosda o'ynaladi. Har kuni 3ta sovrin o'ynaladi. Bir xil natijalar bo’lganida mukofot topshiriqni eng tez bajargan ABONENTGA beriladi, daqiqalar va soniyalar hisobga olinadi. Viktorina ushbu hujjatda ko'zda tutilgan tartib, shartlar va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi. Viktorinaning Shartlari va Qoidalari OPERATORNING ABONENTLARIGA yuborilgan ommaviy oferta bo'lib, ABONENT va KONTENT PROVAYDERI o'rtasida ABONENT ular bilan kelishgan paytdan boshlab xizmatni taqdim etish to'g'risida kelishuvga aylanadi. ABONENTNING roziligi uning xizmatga SMS orqali ulanish hisoblanadi.

 

  1. Kalendar muddati

KONTENT-XIZMATI ikkala sanani ham ichiga olib (365 kun) 18/03/2023 yilning soat 00:00:01 dan 17/03/2024-yilning soat 23:59:59 gacha (bundan buyon matnda “Amal qilish muddati” deb yuritiladi) davrida taqdim etiladi. Online resurs taxmin-qil.uz

 

  1. Maqsadi va narxi

KONTENT-XIZMATNING maqsadi – “UZTELECOM” ABONENTLARIGA qimmatbaho kunlik yutuqlarni yutib olish imkonini taqdim etish bilan kompaniya xizmatlariga eʼtiborni jalb qilish. “UZTELECOM” ABONENTLARI 5500 qisqa raqamiga xohlagan mazmun bilan (STOPGW yoki STOP1 o’chirish kalit so’zlaridan tashqari) viktorinaning SMS yuborish orqali Viktorinada ishtirok etishlari mumkin (tarif narxi: 1999 kuniga/soʻm).

Agar xizmat uchun to'lov vaqtida abonent hisobida yetarli mablag' (1999 so'm) bo'lmasa, abonentga 1100 so'm (QQS bilan) narx ancha past bo'ladi.

 “UMS” ABONENTLARIGA qimmatbaho kunlik yutuqlarni yutib olish imkonini taqdim etish bilan kompaniya xizmatlariga eʼtiborni jalb qilish. “UMS” ABONENTLARI 4596 qisqa raqamiga xohlagan mazmun bilan (STOPGW yoki STOP1 o’chirish kalit so’zlaridan tashqari) viktorinaning SMS yuborish orqali Viktorinada ishtirok etishlari mumkin (tarif narxi: 1499 kuniga/soʻm).

  1. Viktorina tili

Viktorina oʻzbek va rus (ABONENTNING viktorina saytidagi tanlovi boʻyicha) tillarida taqdim etiladi.

 

  1. Shartlarni qabul qilish

Hamma foydalanuvchilar o’z obunalari orqali, www.taxmin-qil.uz sahifasidagi barcha shartlarni o’qiganlari va to’liq tushunganlarini tasdiqlashadi. ”UZMOBILE” ABONENTLARI 5500 qisqa raqamiga va “UMS”ABONENTLARI 4596 qisqa raqamiga SMS joʻnatib, ishtirokchilar mazkur Shartlarni toʻliq tushunishlari va ularga toʻliq roziliklarini berishadi, va oʻz mobil telefonlariga OPERATOR va KONTENT PROVAYDERDAN ‘UZMOBILE”  ABONENTLARIGA 5500 qisqa raqamidan SMS – xabarlarni olishga rozilik beradilar. Viktorina kunlik pullik obuna asosida amalga oshiriladi (kuniga 1999 so'm). Viktorinaga obuna har kuni abonent to'lovi uchun yangilanadi. Abonent to’lovi uchun har bir ABONENT har kuni 100 bonusli ball va 5 ta savolga javob berish imkoniga ega. Har bir to’g’ri javob uchun 100 ball, noto’g’ri javob uchun 10 ball beriladi.

Kunlik obuna to’lovi vaqtida abenent hisobida to’liq kunlik to’lov (1999sum) uchun mablag’ yetarli bo’lmasa, abonentdan kamroq mablag’ – 1100 so’m yechib olinadi, hamda 50 bonusli ball va 5 ta savolga javob berish imkoni beriladi. Har bir to’g’ri javob uchun 100 ball, noto’g’ri javob uchun 10 ball beriladi.

‘UMS” ABONENTLARIGA 4596 qisqa raqamidan SMS – xabarlarni olishga rozilik beradilar. Viktorina kunlik pullik obuna asosida amalga oshiriladi (kuniga 1499 so'm). Viktorinaga obuna har kuni abonent to'lovi uchun yangilanadi. Abonent to’lovi uchun har bir ABONENT har kuni 100 bonusli ball va 5 ta savolga javob berish imkoniga ega. Har bir to’g’ri javob uchun 100 ball, noto’g’ri javob uchun 10 ball beriladi.

ABONENT to'lovi ABONENT xizmatni o'chirgunga qadar yoki xizmat to'xtatilgunga qadar yechib olinadi. Ishtirokchilar tomonidan xizmatdan foydalanish munosabati bilan sarflagan mablag'lar qaytarilmaydi. Taqdim etilayotgan xizmat doirasidagi sovg'alar yetqazib berilmaydi. G'olib ularni o’z mobil raqam (MSISDN) balansiga qabul qiladi. "INTENSE BEST GROUP" OPERATOR bilan kelishgan holda, har qanday vaqtda taklifni va ushbu shartlarni bekor qilish yoki o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi. Har qanday o'zgarishlar ular e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Barcha nashrlar taxmin-qil.uz. saytida e'lon qilinadi. Shartlar, harakatlar, natijalar va xizmat bilan bog'liq barcha masalalar bo'yicha nizo yuzaga kelganda, “INTENSE BEST GROUP” MCHJ qarorlari qat'iy hisoblanadi va hech qanday talablar yoki muhokamalar kuchga kirmasligi kerak, qonunda ko’rsatilgan holatlar bundan mustasno. Mazkur shartnoma “INTENSE BEST GROUP” MChJ xizmat ko’rsatgunga qadar to’liq o’z kuchida qoladi, ta'mirlash, texnik xizmat ko'rsatish yoki modernizatsiya kabi texnik sabablarga ko'ra viktorinani vaqtincha to'xtatib qo'yish holatlari bundan mustasno.

 

  1. Viktorina ishtirokchilari

Viktorinada O'zbekiston Respublikasining 18 yoshga to'lgan va ushbu viktorinada ko'zda tutilgan shartlarga muvofiq OPERATOR bilan uyali aloqa xizmatlarini taqdim etish shartnomasi bo'yicha oldindan to'lov tizimidagi tarif rejalarining ABONENTLARI bo'lgan shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Viktorinada ishtirok etish uchun teng huquqli sharoitlar yaratish maqsadida, OPERATOR bilan uyali aloqa xizmatlarini taqdim etish shartnomasi bo'yicha ABONENT bo'lgan yuridik shaxslar Viktorinada ishtirok eta olmaydilar. OPERATOR va Kontent-provayder ishtirokchilarning yoshini tekshirmaydi, chunki ular texnik imkoniyatlarga ega emaslar, shuning uchun ular xizmatga ulangan balog'atga etmagan bolalar va nogironlarning harakatlari uchun javobgar emaslar. Viktorina amal qilish muddati davomida 5500 yoki 4596 qisqa raqamlaridan biriga hech boʻlmasa (1) SMS-xabar joʻnatgan paragrafning 7 bandida tilga olingan shaxslar viktorina ishtirokchilari boʻla oladilar. OPERATOR va Kontent–Provayder xodimlari va ularning qarindoshlikning birinchi navbati boʻyicha qarindoshlari (ota-onalari, bolalari, qarindoshlari va toʻliq qarindosh boʻlmagan aka-ukalari, opasingillari, turmush oʻrtoqlari), shuningdek agentlar va/yoki OPERATOR va Kontent-Provayder distribyutorlari kabi tijorat vakillari yoki affillangan shaxslar bilan tijorat munosabatlarida boʻlgan shaxslar, shuningdek ushbu Viktorinani amalga oshirilishi uchun OPERATOR va Kontent-Provayder tomonidan yollangan kompaniyalar va ularning xodimlariviktorinada ishtirok etishlariga yoʻl qoʻyilmaydi. Agar ushbu odamlardan biror biri viktorinada ishtirok etgan va gʻolib boʻlib chiqsa, u holda tegishli sovrin hech bir holatda unga berilmaydi, balki talablarga javob beradigan va keyingi oʻrinni egallagan ishtirokchiga oʻtadi. Viktorina amal qilish muddatidan avval yoki keyin promo-viktorina ishtirokchisi boʻlish uchun viktorinaning qisqa raqamiga SMS-xabarni yuborgan shaxslarning viktorinada ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Boshqa uyali aloqa operatorlarining Abonentlariga xizmat koʻrsatilmaydi. Talablarga javob bermaydigan yoki ushbu qoidalar talablarini buzgan barcha shaxslar ushbu xizmatdan foydalanmasliklari kerak va sovrinli o'rinlarni egallashlari mumkin emas.

 

 

  1. Viktorina Sovrinlari

Mobiuz va Uztelecom abonentlari uchun  1 oy mobaynida ballar to’plang va eng ko’p ball yig’gan Abonent egasiga 10.000.000 so’m miqdorda pul mukofati beriladi Agar durang bo'lsa (ikkita yoki undan ko'p ishtirokchi o'yin paytida bir xil ball to'plagan bo'lsa), u holda hammadan oldin savollarga so`zlarni topgan g'olib hisoblanadi. * Agar g'olib sovrinni olishdan bosh tortsa yoki ma'lum bir muddat ichida u bilan bog'lanish imkoniyati bo'lmasa, rasmiy shartlarga ko'ra, sovrin ikkinchi g’olibga taqdim etiladi. Agar ikkinchi g'olib o'z sovrinini ololmasa, sovrin G'olib aniqlangunga qadar keyingi g'olibga beriladi. Sovrinni G’olibga topshirish paytida O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini ushlab qolib, ko’zda tutilga tartibda to’laydi. Agar foydalanuvchi oylik sovringa ega bo’lsa, u keyingi 12 oy davomida sovrinni qaytadan yuta olmaydi.

 

 

 

 

  1. Ishtirok etish protsedurasi

Viktorinada ishtirok etish uchun mazkur viktorina ishtirokchilariga aylanish huquqiga ega bo’lgan ABONENTLAR (7 paragraf: Viktorina ishtirokchilariga qarang) Viktorinaning amal qilish muddati davomida istalgan vaqtda Viktorinaning 5500(UZMOBILE) yoki 4596 (UMS) qisqa raqamiga xohlagan mazmun bilan (STOPGW, STOP1 o’chirish kalit so’zlaridan tashqari) SMS-xabar joʻnatishlari yoki taxmin-qil.uz viktorina saytiga kirib, 5500(UZMOBILE) yoki 4596 (UMS) qisqa raqamlaridan PIN kod qabul qilishlari va kodni saytda kiritishlari   lozim. 5500(UZMOBILE) yoki 4596 (UMS) raqamiga birinchi SMS (Qayd etish SMSi) ni yuborgandan so’ng yoki viktorina saytida ro’yxatdan o’tgandan so’ng Yuboruvchi viktorinada ishtirokchi bo’lib hisoblana boshlaydi. ABONENT 5500(UZMOBILE) yoki 4596 (UMS) raqamiga SMSini yuborgandan keyin yoki saytda ro’yxatdan o’tkanidan keyin, u 5500(UZMOBILE) yoki 4596 (UMS) qisqa raqamidan uning ishtirokini tasdiqlovchi va xizmat, qiymati, o’chirish qoidalari va viktorina sayti to’g’risida to’liq ma’lumot va portal saytiga havolani oladi.

 

  1. Xizmat uchun ABONENT to’lovi to’lanishi

 Birinchi ulanishda barcha ABONENTLAR bir kun bepul viktorinada qatnashish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Keyingi kunlarda “UZMOBILE” ABONENTI hisobidan har kuni 1999 UZS QQS bilan (o'zbek so'mida)/kuniga yechib olinadi- viktorinaga obuna uchun ABONENT to'lovi. Xizmatga obuna bo’lganlik uchun to'lov ABONENT xizmatni bekor qilmagunga yoki xizmat to'xtatilgunga qadar har kuni yechib olinadi. Obunaning har bir to'langan kuni (1999sum) ishtirokchi 100 bous ballga va 5 ta savolga javob berish imkoniga ega bo’ladi. Har bir to’g’ri javob uchun 100 ball, noto’g’ri javob uchun 10 ball beriladi.

Аgar ABONENT so'rovning to'liq narxi - 1999 so'mni to'lay olmasa, unga qisman to’lash imkoniyati beriladi hamda 1100 yechib olinadi. Ishtirokchi 50 bous ballga va 5 ta savolga javob berish imkoniga ega bo’ladi. Har bir to’g’ri javob uchun 100 ball, noto’g’ri javob uchun 10 ball beriladi

“UMS” ABONENTI hisobidan har kuni 1499 UZS QQS bilan (o'zbek so'mida)/kuniga yechib olinadi- viktorinaga obuna uchun ABONENT to'lovi. Xizmatga obuna bo’lganlik uchun to'lov ABONENT xizmatni bekor qilmagunga yoki xizmat to'xtatilgunga qadar har kuni yechib olinadi. Obunaning har bir to'langan kuni (1499sum) ishtirokchi 100 bous ballga va 5 ta savolga javob berish imkoniga ega bo’ladi. Har bir to’g’ri javob uchun 100 ball, noto’g’ri javob uchun 10 ball beriladi.

 

  1. Viktorina savollari sonini cheklash

Ishtirokchilar bir kun ichida kunlik to`lov evaziga Viktorinaning eng koʻpi bilan beshta (5) savollariga javob berishlari mumkin. Har bir to’g’ri javob uchun 100 ball, noto’g’ti javob uchun esa 10 balldan beriladi.

 

  1. Yordam va joʻnatmalarni olishdan voz kechishning variantlari

Agar ishtirokchi viktorinada qatnashishni rad etishni istasa va sovrin yutish uchun ochkolarni olmasa, u 5500(UZMOBILE) yoki 4596 (UMS) raqamiga "STOPGW" yoki "STOP1" o'chirib qo'yilgan kalit so'zlardan birini SMS orqali bepul yuborishi mumkin. Bunga javoban foydalanuvchi o'z mobil raqami endi o'yinda qatnashmayotganligi to'g'risida SMS-xabar oladi. Obunani bekor qilgandan so'ng, ABONENT ushbu xizmatni 5500(UZMOBILE) yoki 4596 (UMS) ga SMS yuborish orqali(STOPGW yoki STOP1 o'chirish kalit so'zlaridan tashqari) yoki  taxmin-qil.uz viktorina saytiga kirib, 5500(UZMOBILE) yoki 4596 (UMS) qisqa raqamidan PIN kod qabul qilishi va kodni saytda kiritish orqali obunani qayta faollashtirishi mumkin. Agar ABONENT o'z obunasini to'xtatib, qaytadan ulansa, u holda qayta ulanishda ulangan kundan boshlab abonent to'lovi ushlab qolinadi. Bu holatda avvalgi ulangandagi yig`ilgan ballar saqlanib qolinmaydi. Shuningdek, ishtirokchilar 5500(UZMOBILE) yoki 4596 (UMS) qisqa raqamiga SMS- xabarlarni (bepul) quyidagi maqsadlarda yuborishlari mumkin:

* "INFO" kalit so'zlarini yuborib, joriy ballar to’g’risida ma'lumot olish.

 

 

 

  1. Ballarni toʻplash protsedurasi

“UZMOBILE” ABONENTLARI uchun har bir to'g'ri javob 100 ball beradi. Noto'g'ri javob  ballarni kamaytirmaydi va foydalanuvchi keyingi savolni oladi.  Noto’g’ri javob uchun 10 ball beriladi. Ishtirokchilar kunlik obuna evaziga bir kunda, 5 ta savolga BEPUL javob berishlari mumkin. Agar ABONENT to’lovining to'liq narxi - 1999 so'mni to'lay olmasa, unga qisman to’lash imkoniyati beriladi hamda 1100 so’m hisobidan yechiladi.

Abonent to’lovining to’liq narxi (1999so’m) uchun abonent  100 bonus ballga ega bo’ladi;

Abonent to’lovining qisman narxi (1100so’m) uchun abonent  50 bonus ballga ega bo’ladi.

 “UMS” ABONENTLARI uchun har bir to'g'ri javob 100 ball beradi. Noto'g'ri javob  ballarni kamaytirmaydi va foydalanuvchi keyingi savolni oladi.  Noto’g’ri javob uchun 10 ball beriladi. Ishtirokchilar kunlik obuna evaziga bir kunda, 5 ta savolga BEPUL javob berishlari mumkin.

Abonent to’lovining to’liq narxi (1499so’m) uchun abonent  100 bonus ballga ega bo’ladi;

 

 

 

 

  1. Yutuq shartlari

Har kunlik sovrin yutuq shartlari- Ishtirokchi (MSISDN egasi) har 1oyda bittadan (1) koʻp boʻlmagan holda sovrinni yutib olishi mumkin. Sovrinni olish yoki buning huquqiga ega boʻlish uchun gʻoliblar va ikkinchi oʻrinni egallaganlar Oʻzbekiston hududida yashashlari kerak. Shuningdek, sovrinni olgan gʻolib “UZTELECOM” yoki “UMS” ga oʻz shaxsiy maʼlumotlarini kiritishi (ismi, familiyasi va hokazo) hamda KONTENT-PROVAYDER va OPERATORni sovrinni olganligi haqida xabardor qilishi majburiy talab hisoblanadi. KONTENT-PROVAYDER va OPERATOR KONTENT-XIZMATDAN vijdonsizlarcha yoki firibgarlik maqsadlarida foydalanayotgan barcha odamlarni, birlamchi xabardor qilishsiz, oʻyindan chiqarib yuborish huquqini oʻzlarida saqlab qolishadi. KONTENT-PROVAYDER va OPERATOR oʻyinda ishtirok etayotgan ishtirokchilarning ballari toʻplanishida noaniqlik aniqlanganda va/yoki shubhalar paydo boʻlgan holatda gʻolibni aniqlash protsedurasini qayta o’tqazish huquqiga ega. Nohalol raqobat, noqonuniy ishbilarmonlik tajribasidan foydalangan arzda isteʼmolchilar huquqlarini buzgan va/yoki shunga oʻxshash harakatlarni sodir etgan holda KONTENT-XIZMATDA ishtirok etgan ishtirokchilar KONTENT-XIZMATNING gʻoliblari bo’la olmaydilar. OPERATOR va KONTENT-PROVAYDER mazkur Shartlar va Qoidalarda koʻrsatilmagan usullar bilan ballarni yigʻish, tartibiga taʼsir oʻtkazishga urinayotgan, yoki taʼsir koʻrsatgan (bevosita yoki bilvosita) jismoniy shaxslarga xizmatda ishtirok etishga qoʻymaslik huquqiga ega. KONTENT-XIZMATDA ishtirok etishda quyidagilardan foydalanish qoidani buzish hisoblanadi:

  • Har qanday usul, shu jumladan dasturiy kodga aralashish vositasida oʻzgartirilgan KONTENTXIZMATDA ishtirok etish uchun moʻljallangan KONTENT PROVAYDER yoki OPERATOR tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy vositalar;
  • KONTENT-XIZMATDA ishtirok etishning har qanday boshqa usullari va jarayonni avtomatlashtirish vositalari.
  • 3 soniyadan kamroq vaqt ichida Ishtirokchi tomonidan savolga javobning yuborilishi. savollarga javoblarning davriyligida aniqlangan muayyanliklar, shu jumladan Ishtirokchi tomonidan javoblarni vaqtning teng oraligʻidan keyin yuborilishi va boshqa muayyanliklar;
  • KONTENT-XIZMATNI (loglarni) hujjatlashtirish uchun KONTENT PROVAYDER va OPERATOR foydalanidagan texnik tizimning boshqa maʼlumotlari, bunda shunday tizimning maʼlumotlari yakuniy deb tan olinadi va Ishtirokchi tomonidan eʼtiroz bildirilishi mumkin emas. Bunday holatda, KONTENT PROVAYDER va OPERATOR sovrindorlar roʻyxatidan bunday ishtirokchini chiqarib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin va sovrin Viktorina tegishli kunidagi reytingga muvofiq keyingi viktorina ishtirokchisiga oʻtadi. Agar gʻolib avvalgi shartlardan biron birini bajarmayotgan boʻlsa, u yutuqni olish huquqidan mahrum qilinadi. Har kunlik sovrinlar holatida, agar Gʻolib sovrinni olishdan voz kechsa, yoki uning yutugʻi aniqlangan paytdan oʻttiz (30) kun davomida KONTENT- PROVAYDER va/yoki OPERATOR bilan bogʻlana olmasa, sovrinni oʻyinlar/tanlovlar tegishli roʻyxatida ikkinchi (2) oʻrinni egallagan ishtirokchi oladi. Ushbu ishtirokchi ikkinchi (2-) gʻolib deb eʼlon qilinadi. Agar ikkinchi (2-) gʻolib ham oʻz sovrinidan voz kechsa yoki KONTENT-PROVAYDER va OPERATOR bilan bogʻlana olmasa, u holda sovrinni uchinchi (3-) gʻolib oladi. Keyingi gʻoliblar tomonidan olish imkoni boʻlmagan holatda, sovrinni olish huquqi gʻolib aniqlangunga qadar keyingi gʻolibga oʻtadi. Sovrinlar biron bir boshqa Sovrin bilan almashtirilishi mumkin emas.

 

  1. Viktorinani natijalarini yakunlash, g'oliblarni aniqlash va xabardor qilish.

G'olib kun natijalariga ko'ra Viktorinada g'olib bo'lgan davr tugaganidan keyin 30 kalendar kuni ichida aniqlanadi. KONTENT-PROVAYDER g'olib bilan Viktorinada qatnashish amalga oshirilgan telefon raqamiga qo'ng'iroq qilish orqali bog'lanadi. Agar g’olib aniqlaganidan so’ng 3 kun ichida ishtirokchi telefonini to'lov amalga oshirilmaganligi sababli o’chirilgan, xizmat ko'rsatish doirasidan tashqarida va hokazo tufayli Ishtirokchi bilan bog'lanish imkoni bo'lmasa, KOTENT-PROVAYDER Viktorinaning natijalarini qayta ko'rib chiqish va ballar ro'yxatiga ko’ra keying g’olibni aniqlash huquqiga ega. Ishtirokchilar ushbu Qoidalarning qoidalarini buzgan taqdirda, Viktorinani o'tkazayotgan KONTENT PROVAYDER natijalarni ko'rib chiqish huquqini saqlab qolishadi va natijalarga qarab g'olibni mukofotdan mahrum qilish va mukofotlarni ballar ro'yxatidagi keyingi yetakchiga o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilishadi. Sovrinni olish uchun zarur shart bu ishtirokchi tomonidan pasportni yutib olingani to'g'risida ro'yxatdan o'tganligi to'g'risidagi xabarni olgan kundan boshlab 10 kun ichida taqdim etilishi. Ishtirokchi ko'rsatilgan ma'lumotlarni taqdim etmasa, sovrin ishtirokchiga berilmaydi, Viktorinaning natijalari ko'rib chiqiladi. Sovg'alar KONTENT XIZMATLARI amal qilish muddati davomida yoki undan keyin beriladi. KONTENT-PROVAYDER quyidagi hollarda Sovrinni ishtirokchiga berishni rad etish huquqiga ega:

- ishtirokchilar tomonidan ushbu Nizom qoidalarini buzilishi;

- hujjatlarni taqdim etmaslik;

- Ishtirokchining sovrinni topshirish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortganligini tasdiqlovchi harakatsizligi  harakatlari;

- Viktorina yakunlangan kundan boshlab 30 kalendar kuni ichida ishtirokchining sovg'ani olishdan bosh tortganligi to'g'risidagi yozma rad xati;

 

  1. Qoidalarni oʻzgartirish

KONTENT-PROVAYDER va OPERATOR kompensatsiya huquqisiz hamda birlamchi xabardor qilishsiz ushbu KONTENT-XIZMATNI tashkil etish va/yoki boshqarish, shuningdek mazkur Shartlar va qoidalarni bekor qilish, toʻxtatib turish yoki oʻzgartirish huquqini oʻzida saqlab qoladi, har qanday oʻzgarishlar, oʻzgartirishlarni kiritish sanasigacha mazkur Shartlarga qoʻshimcha hujjat boʻlib, jamoatchilikning maʼlumoti uchun yetkaziladi.

 

  1. Shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish

 KONTENT-PROVAYDER va OPERATOR Sizning shaxsiy maʼlumotlaringiz ushbu KONTENT- XIZMATDA sizning ishtirokingizni boshqarish va agar siz gʻolib boʻlib chiqqan holatda sizning maʼlumotingizni eʼlon qilish maqsadida ishlov berilishi toʻgʻrisida Sizni xabardor qilishadi. Bundan tashqari, sizning ma'lumotlaringiz ushbu viktorina doirasida marketing va savdo xizmati uchun qayta ishlanadi.

 

  1. Javobgarlik

KONTENT-PROVAYDER KONTENT-XIZMATNING texnik sozligi va KONTENT- XIZMATNING doirasida foydalaniladigan axborot, shu jumladan savollar va javoblarning to’g’riligi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi. KONTENT-PROVAYDER mazkur shartlarga muvofiq sovrindor sifatida belgilangan ishtirokchilarga ushbu shartlarning 8-bandida koʻrsatilgan sovrinlarning berilishini kafolatlaydi. Fors-major vaziyatlari, boshqa vaziyatlar sababli taʼriflangan Sovrin topshira olinmaydigan holatda, KONTENT-PROVAYDER uni teng qiymatligisiga almashtirib berish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. KONTENT-PROVAYDER va OPERATOR hamda, ushbu holatda, KONTENT-XIZMATDA ishtirok etayotgan kompaniyalar, Sovrindan foydalanish oqibatida yoki natijasida yuzaga kelgan har qanday tusdagi, bevosita, bilvosita va/yoki tasodifiy, roʻy bergan yoki kechiktirilgan zararlar uchun hech qanday javobgarlikka ega boʻlmaydi. Bundan tashqari, GSM xizmatlar uchun xos boʻlgan, masalan: tarmoq band, telefon xotirasi toʻlgan, SMS xizmatlardan notoʻgʻri foydalanish, ushbu Xizmat uchun koʻrsatilgan raqam notoʻgʻri terilgan, yoki ABONENT qurilmasi tomonidan bloklab qoʻyilgan, tarmoqdan tashqarida boʻlish, SIM karta hisobida mablagʻlarning yetarli emasligi, kredit limitidan oshib ketish va hokazo kabi texnik jihatdan yoki boshqa cheklovlar sababli “UZTELECOM” va “UMS” foydalanuvchilariga tanlovda ishtirok etishga halaqit bergan vaziyat yuzaga kelishida KONTENT-PROVAYDER va OPERATOR hech qanday javobgarlikka ega boʻlmaydi.

 

  1. Nizolarni hal qilish va qoʻllaniladigan yurisdiksiya

Ushbu KONTENT-XIZMAT bilan bogʻliq har qanday nizolar eʼtiroz qilinayotgan voqea paytidan boshlab 5 (besh) kun davomida yozma ravishda rasmiylashtirilishi kerak. KONTENT-PROVAYDER va OPERATOR hamda KONTENT-XIZMATNING ishtirokchilari oʻrtasida yuzaga kelgan ehtimoliy nizolar, tinch muzokaralar yoki buning imkoni yoʻqligida, Oʻzbekistonning vakolatli sudlari tomonidan hal qilinadi.

 

  1. Eʼlonlar

Ushbu KONTENT-XIZMATNING shartlari bilan tanishib chiqish imkoniyati jamoatchilik uchun KONTENT PROVAYDERning www.taxmin-qil.uz veb-sayti va/yoki har qanday uning ofislari/doʻkonlari orqali berilgan.

 

  1. Ishtirokchilarning majburiy roziligi

 Gʻoliblar KONTENT-PROVAYDER va OPERATORGA olingan Sovrinni topshirishni istisno etganda, ularga hech qanday Sovrinlash yoki foydani taqdim etmagan holda, yuqorida koʻrsatilgandek foydalanishsiz, ular gʻolibga aylangan KONTENT- XIZMAT bilan bogʻliq har qanday ijtimoiy-reklama faoliyatida oʻz ismi, familiyasi va boshqa axborot, shuningdek oʻz fotosuratidan nusxa koʻchirish va foydalanishga ruxsat berishadi. Gʻoliblar KONTENT-XIZMATNING reklama maqsadlarida reklama intervyusi, fotosuratga olishi va/yoki videosuratga olishida ishtirok etishga rozilik berishadi. Ushbu Shartlarga kiritilgan barcha bandlar, ilovalar va axborot yoki ushbu KONTENT-XIZMAT bilan bogʻliq har qanday boshqa axborot materiallar (reklama va/yoki taqdimot), KONTENT-XIZMATNING amal qilish muddati davomida yoki ungacha har qanday vaqtda www.taxmin-qil.uz saytida chop etilgan, har qanday OAV va/yoki KONTENT-XIZMATNING veb-saytida chop etilishi kerak boʻlgan axborotlar, KONTENT-XIZMAT qoidalarining ajralmas qismi hisoblanadi. OPERATOR va KONTENT PROVAYDER birlamchi xabardor qilishsiz, istalgan vaqtda xizmat koʻrsatishni toʻxtatish huquqini oʻzida saqlab qoladi. KONTENT-XIZMATNING amal qilish muddati davomida ishtirokchilar sarf qilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlarining miqdori, OPERATOR va KONTENT PROVAYDER javobgarlikni oʻz zimmalariga olishmaydi. KONTENT-XIZMATDA ishtirok etgan holda, ishtirokchilar ushbu bilan KONTENT-PROVAYDER va OPERATORGA taqdim etilgan barcha axborot haqqoniy, aktual va toʻliq hisoblanishini kafolatlashadi.

КОНТЕНТ-ПРОВАЙДЕР:

OOO «INTENSE BEST GROUP»

 

Для информации: Taxmin-qil.uz


Tel:+998998710110

Iltimos, bizning tasdiqlash xabarimizni kuting